<?xml version="1.0" encoding="UTF-8"?><song><lyrics>[V1]
 Yashasak gar yonib yashasak
 Oʻz-oʻzini sevishdan tonib
 Ishlasak gar koʻnib ishlasak
 Bor imkon kuchni ishga solib
 Kurashsak gar oʻz-la kurashsak
 Nuqsonimiz bagʻrni tilib
 Aytishsak gar shunday aytishsak
 Raqibimizni hurmat qilib

[C1]
   Sevishsak gar chindan sevishsak
   Xudbinlikning niqobin yechib
   Ishonsak gar chindan ishonsak
   Ravnaq, mansab boylikdan kechib

[V2]
 Baxslashsak gar halol baxslashsak
 Haqiqatni yurakka tugib
 Savob qilsak dildan qilolsak
 Masʼuliyat qoʻlidan tutib

[V3]
 Dushmanni ham kechira olsak
 Zoʻravonlik yoʻlidan kechib
 Jon olmasdan, jon bera olsak
 Muhtojlarning mushkulin yechib</lyrics>
<title>Yashasak</title>
</song>